Bir necha kun oldin sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yotqizilgani xabar qilingan edi.
Vazirlik Matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan ma`lumotda uning qaysi kasallikdan davolanayotganiga aniqliq kiritilmaganligi sabab turli gap-so`zlar paydo bo`lgan edi.
“Zamon” informasion dasturi boshlovchisi vazirni nima sababdan kasalxonaga tushganligiga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a`zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor Habibulla Oqilovdan oydinlik kiritishni so`radi.
“Kardiologiya markazi o`z nomi bilan ham kardiologiya markazi. U erda COVID-19 ni davolamaymiz. Vazirimiz vaqti kelgani uchun rejali davolash muolajalarini olyapti. Nasib qilsa, 3-4 kunlarda chiqib qoladilar”, degan mazmunda javob berdi H. Oqilov.