Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berishicha, joriy yilning 20 iyul kuni Namangan viloyati Chust tumanida yashovchi fuqaro O`zbekiston Respublikasi IIVning ishonch telefoniga murojaat qilib, uning avtomashinasini tuzatishga olib ketgan shaxs, begona kishiga sotib yuborganini ma`lum qilgan va unga nisbatan chora ko`rishni so`ragan.
Ma`lum bo`lishicha, fuqaro 13 iyul kuni “Neksiya” rusumli avtomashinasini ustaxonaga ko`rsatish uchun boshqa bir shaxsga bergan, biroq, ustaxona ishchisi bo`lgan bu shaxs avtomashinani Chortoq tumanida yashovchi fuqaroga sotib yuborgan.
Hozirda holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan, deyiladi xabarda.
IIB fuqarolarni mol-mulki xavfsizligiga e`tiborli bo`lishga, notanish shaxslarga ishonib berib yubormaslikka, firibgarlar tuzog`iga ilinmaslikka chaqirmoqda.