my5

Andijonda 18 yoshli yigit sevgan qizini rashk qilib, 30 yoshli fuqaroni o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 04.08.2020, 08:16
1568
Andijonda 18 yoshli yigit sevgan qizini rashk qilib, 30 yoshli fuqaroni o`ldirib qo`ydi

Andijonda yoqtirgan qizi uchun janjallashgan yigit bir insonning hayotiga zomin bo`ldi, deya xabar bermoqda IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Ma`lui bo`lishicha, 18 yoshli O.N., o`zining yaxshi ko`rgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli J.O`., bilan o`zaro janjallashib qoladi.

2020 yilning 25 iyul kuni soat 22:30 da Asaka tumani Qipchoq MFY hududida O.N., qo`lida bo`lgan temir bo`lagi bilan J.O`., ning bosh qismiga urib, tan jarohati etkazgan. Natijada J.O`., og`ir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa joyini ko`zdan kechirish davomida, O.N., tomonidan J.O`., ga tan jarohati etkazilgan bir dona temir bo`lagi ashyoviy dalil tariqasida o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olingan.

Holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat  ishi qo`zg`atilgan.

Jinoyat ishi bo`yicha O.N., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan.

Ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.O`., joriy yilning 27 iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi “d” bandiga (jabrlanuvchining o`limiga sabab bo`lgan qasddan badanga og`ir shikast etkazish) qayta malakalangan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

 

Шарҳлар