my5

Samarqand aeroporti kitob ko`rinishida bo`ladi

Jamiyat 05.08.2020, 22:07
445
Samarqand aeroporti kitob ko`rinishida bo`ladi

Shu kunlarda Samarqand xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari bajarilmoqda. Buning uchun Turkiyaning “Kiklop” va O`zbekistonning “Primetime Group” kompaniyasi jalb etilgan.

Rekonstruksiya ishiga mas`ullar aeroport kitob ko`rinishida qayta qad rostlashini aytmoqda. Yangi aeroportda 22 samolyot uchun to`xtash, uchish-qo`nish yo`lagi bo`ladi.

Aeroportni 2021 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Yangi aeroport ishga tushirilishi bilan Samarqand xalqaro aeroporti “Ochiq osmon” rejimiga o`tadi.

Шарҳлар