my5

Kitob tumanida 19 yoshli haydovchi "Kamaz" bilan 7 yoshli qizaloqning umriga zomin bo`ldi

Jamiyat 05.08.2020, 22:30
567
Kitob tumanida 19 yoshli haydovchi "Kamaz" bilan 7 yoshli qizaloqning umriga zomin bo`ldi

Bugun, 5 avgust kuni soat 09-00 larda fuqaro 19 yoshli S.S., boshqaruvida bo`lgan “Kamaz” rusumli avtomashinasida Kitob tumani “Qaynar” MFY Qongi qishlog`i hududining ichki yo`li bo`ylab harakatlanib ketayotgan vaqtda, yo`lni kesib o`tayotgan voyaga etmagan 7 yoshli Sh.A.,(ayol)ni avtomashinasi bilan urib yuborib, yo`l-transport xodisasi sodir qilgan.

IIV huzuridagi Tergov departamentining ma`lum qilishicha, YTH natijasida voyaga etmagan Sh.A., voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Kitob tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Шарҳлар