my5

Prezident sog`liqni saqlash sohasida 270 million dollarlik 14 ta loyihani tezlashtirishni buyurdi

Siyosat 06.08.2020, 08:34
573
Prezident sog`liqni saqlash sohasida 270 million dollarlik 14 ta loyihani tezlashtirishni buyurdi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 5 avgust kuni energetika, transport, kommunal xo`jalik va tibbiyot sohalarida davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Byudjetga yukni kamaytirish va yirik loyihalarga xususiy sektorni jalb etish maqsadida 2018 yili Davlat-xususiy sheriklik agentligi tashkil etilgan edi, bu borada alohida qonun va 10 dan ortiq qarorlar qabul qilindi.

Shunga qaramasdan, hozirgi kunga qadar energetika, tibbiyot, kommunal xo`jalik sohalarida hammasi bo`lib bor-yo`g`i 9 ta yirik davlat-xususiy sheriklik loyihalari imzolangan. Bu ko`rsatkich juda ham past, dedi davlatimiz rahbari.

Elektr energiyasi va tabiiy gazni iste`molchilarga sotishda davlat-xususiy sheriklikni joriy etish topshirig`i berildi. Faqat shu orqali ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar o`rtasida raqobatni ta`minlab, tannarx va yo`qotishlarni kamaytirish mumkin. 

Prezident Shavkat Mirziyoev sog`liqni saqlash sohasida 270 million dollarlik 14 ta loyihalarni jadallashtirishni tayinladi.

Ikki oy muddatda Qoraqalpog`iston, Xorazm va Toshkentda gemodializ markazlarini tashkil etish bo`yicha tenderlarni yakunlash vazifasi qo`yildi. Ushbu loyihalar doirasida yiliga 1 100 bemorning umrini 10 yilga uzaytirish imkoni yaratiladi. Gemodializ xarajatlari uchun byudjetdan yiliga 100 milliard so`m ajratiladi.

Mamlakatimizda har yili 20 mingdan ziyod onkologik bemor ro`yxatga olinadi. Mutasaddilarga yil yakuniga qadar 2 ta radioterapiya markazini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish topshirig`i berildi. Shuningdek, yil yakuniga qadar Nurafshon shahrida “qurish – boshqarish – topshirish” prinsipi asosida 1 ming o`rinli ko`p tarmoqli klinik shifoxona tashkil etish bo`yicha loyiha hujjatlari ishlab chiqish yuklatildi.

Шарҳлар