my5

Toshkent shahridagi barcha shifoxonalarda patologoanatomiya bo`limlari tashkil qilinadi

Jamiyat 06.08.2020, 13:39
359
Toshkent shahridagi barcha shifoxonalarda patologoanatomiya bo`limlari tashkil qilinadi

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zolari Rajabboy Isroilovning ma`lum qilishicha, poytaxtdagi barcha kasalxonalarda patologoanatomiya bo`limlari tashkil qilinib, mayyitni o`sha joydan yaqinlariga berish tartibi yo`lga qo`yilishi kutilmoqda.

«Kasallik bor ekan, o`lim ham bo`lishi mumkin. Koronavirus tarqalishini oldini olish va chegaralash uchun barcha shifoxonalarda COVID-19 va boshqa kasallikdan nobud bo`lganlar jasadini faqatgina respublika patologoanatomiya markazi orqali yuvib, tarab, dezinfeksiyalab berish yo`lga qo`yilgan edi. Agar bemor koronavirusdan vafot etgan bo`lsa, tashkiliy usulda mozorga olib borilar, boshqa kasaldan vafot etgan bo`lsa, qarindosh-urug`lariga berilib, uni ham uyigacha kuzatib, o`zining mahallasida dafn qilinar edi.

O`lim holati bir joyda yig`ilib qolmasligi uchun hukumatimiz va Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkent shahridagi barcha kasalxonalarda patologoanatomiya bo`limlarini tashkil qilib, mayyitni o`sha joydan yaqinlariga berishni tashkil etish bo`yicha ko`rsatma berildi. Ko`rsatma tayyor, unga shu kunlarda imzo qo`yilib, albatta, ommaga e`lon qilinadi», — degan u.

 

Шарҳлар