my5

Amerikaning “Novavax” kompaniyasi COVID-19 vaksinasi sinov natijalarini ma`lum qildi

Dunyo 06.08.2020, 14:09
1282
Amerikaning “Novavax” kompaniyasi COVID-19 vaksinasi sinov natijalarini ma`lum qildi

AQShdagi “Novavax” firmasi tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi qo`llanishi ehtimoli mavjud bo`lgan vaksina ikki bor muvaffaqiyatli sinovdan o`tkazilgani haqida xabar berildi. Bu haqda «RIA Novosti» ma`lum qilgan, deb yozadi Dori-Darmon” AK Axborot xizmati

Tadqiqotlarning birida ishtirok etgan 56 nafar ko`ngillida xavfli asoratlar namoyon etmagan, virusga qarshi yuqori darajada kurashuvchanlik xususiyatiga ega aksil tanachalar paydo bo`lgan. Ikkinchi tadqiqot davomida esa izlanuvchilar vaksina tajribadan o`tayotgan mijozlarni koronavirus yuqishidan himoya qilishini aniqladilar.

Merilend shtatidagi uncha taniqli bo`lmagan “Novavax” kompaniyasi vaksinani ishlab chiqish uchun AQSh federal hukumatidan 1,6 milliard dollar olgan. Amerika hukumati vaksina yaratishi mumkin bo`lgan boshqa ishlab chiqaruvchilar bilan ham kelishuvlar olib borib, shartnomalar tuzmoqda.

“Novavax” sinovlarining muvaffaqiyati tasdiqlangan taqdirda kompaniya vaksinani qachon ishlab chiqara boshlashi mumkinligi bilan bog`liq sana aniq aytilmagan.


 

Шарҳлар