my5

Samaradan 1000 ga yaqin o`zbekistonlik poezd orqali uylariga qaytariladi

Jamiyat 06.08.2020, 15:37
442
Samaradan 1000 ga yaqin o`zbekistonlik poezd orqali uylariga qaytariladi

Samara viloyatining Bolshechernigov tumanida to`plangan 1000 ga yaqin O`zbekiston fuqarolari o`z hisobidan 7 avgust kuni ertalab ular uchun tashkil etilgan poezdda uylariga qaytishga tayyor, deb yozadi «Gazeta.uz».

Butunrossiya o`zbeklar va o`zbekistonliklar kengashining Samaradagi bo`limi rahbari Dilyara Sabirovaning «RIA Novosti»ga ma`lum qilishicha, barcha fuqarolar vatanga qaytish o`zlarining hisobidan amalga oshirilishi to`g`risida ogohlantirilgan. «Chipta narxi 10 ming rublni tashkil qiladi. Odamlar qaytish uchun oldindan pul to`lashga tayyor», — deydi agentlik suhbatdoshi. Uning so`zlariga ko`ra, hozirda Bolshechernigov tumanida vaziyat tinch va osoyishta.

Poezd haqidagi ma`lumot qisman «O`zbekiston temir yo`llari» kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. Temir yo`l xizmati vakilining so`zlariga ko`ra, o`zbekistonliklar haqiqatan ham Rossiyadan qaytariladi, ammo sana va boshqa tafsilotlarni keyinroq e`lon qilish rejalashtirilgan.

 

Шарҳлар