my5

"Ikkinchi to`lqin yuz berishi ehtimoli baland". Koronavirus qishda ko`proq tarqaladimi?

Jamiyat 07.08.2020, 08:30
1568
"Ikkinchi to`lqin yuz berishi ehtimoli baland". Koronavirus qishda ko`proq tarqaladimi?

Bu savolga hozircha rasman javob berilmagan bo`lsa ham, boshqa viruslar haqidagi ma`lumotlarga tayangan holda, "ha" deb javob berishimiz mumkin, deya o`rganishlarini ma`lum qilgan shifokor, farmasevt, bloger Abdulazizxon Akramov shaxsiy blogida.

Covid-19ni keltirib chiqargan yangi koronavirusdan tashqari, shamollash simptomlariga sabab bo`ladigan yana to`rt xil koronavirus mavjud. Bundan tashqari, gripp, rinovirus hamda nafas yo`llariga ta`sir o`tkazuvchi RSV (Respirator-sinsitial virus) viruslari ham bor.

Londondagi Gigiena va Tropik (issiq mamlakatlar-tahr.) kasalliklar institutidan doktor Reychel Louning aytishicha, qishda avjiga chiqadigan boshqa viruslarga qaraydigan bo`lsak, mavsumiy ta`sir haqida so`z yuritish o`rinli.

"Ammo buning sababi ob-havo sharoitlarimi yoki odamlarning harakatlarimi, bu haqda aniq xulosa yo`q", deydi olima.

Barcha viruslar sovuq havoda inson tanasidan tashqarida uzoqroq vaqt yashaydi. Britaniya hukumatining Favqulodda vaziyatlar uchun ilmiy-maslahat guruhi (Sage)ga ko`ra, koronavirus uchun ideal harorat +4 gradus.

Qolaversa, qishda virusning faolligini pasaytiradigan Quyosh ultrabinafsha nurlari kam bo`ladi.

Qishda ko`p vaqtni yopiq binoda o`tkazamiz; derazalar yopib qo`yilgani uchun havo aylanishi kam. Butun bu omillar koronavirusning tarqalishiga yordam beradi.

Britaniya Tibbiyot Akademiyasi tayyorlagan hisobotda aytilishicha, eng pessimistik taxminlarga ko`ra, bu yil qishda mamlakatda 250 mingdan ortiq o`lim holatlari bo`lishi mumkin.

Virusga chalingan odamning qancha odamga yuqtirishini hisoblash uchun qo`llaniladigan "R" (reproduksiya-tahr.) darajasi bunda asosiy rol o`ynashi aytiladi.

Hozirda 1 dan pastda bo`lgan "R" sonining qishda 1.7ga ko`tarilishi kutiladi.

Karantindan avval Britaniyada "R" oni 3 dan baland bo`lgan.

London Imperiya kollejidan professor Kendi Barkleyning aytishicha, odamlarning xavotirlarida jon bor.

"Ikkinchi to`lqin yuz berishi ehtimoli baland. Jamoa immuniteti darajasiga chiqqanimiz yo`q va ikkinchi to`lqin uchun qish juda qulay vaqt. Hozirda katta bir mavhumlik oldida turibmiz va ikkinchi to`lqin yomonroq bo`lishi mumkin", - deydi britaniyalik olim.

Hozirda Britaniya aholisining 5 foizi koronavirusga chalingani, 95 foiz aholining virusga qarshi hech qanday immuniteti yo`qligi aytiladi.

Virus nazoratdan chiqib ketganida nimalar bo`lishini AQSh misolida ko`rsa bo`ladi

Шарҳлар