AsosiyDunyo

Meksikada bolalarga «fastfud» va gazli ichimliklar sotish taqiqlandi

'Meksikada bolalarga «fastfud» va gazli ichimliklar sotish taqiqlandi'ning rasmi

Meksikada bolalarga fastfud va gazirovkalar sotishga taiq qo`yildi

Meksikaning Oaxaka shtatidakelajak avlodga g`amxo`rlik qilish maqsadida bolalarga zararli taomlar, shuningdek, tarkibida qand miqdori yuqori bo`lgan ichimliklarni sotishni taqiqlovchi qonunni qabul qilindi.

Ushbu shtat ortiqcha vaznga ega insonlar soni bo`yicha dunyoda ikkinchi o`rinda turadi.

«Kongressning tarixiy qarori bilan voyaga etmagan bolalar orasida zararli mahsulotlarni tarqatish yoki reklama qilish taqiqlandi», - deyiladi mahalliy qonun chiqaruvchi organ tomonidan tarqatilgan xabarda.

Eslatib o`tamiz, Meksikada ortiqcha vaznga ega aholi juda ko`p bo`lib, bu ko`rsatkich bo`yicha AQShdan keyin turadi. Bundan tashqari, mazkur mamlakat diabet bilan kasallanganlar soni bo`yicha ham yuqori ko`rsatkichga ega.

    Boshqa yangiliklar