my5

Poytaxtda koronavirusga chalingan ikki ayol vafot etdi

Jamiyat 11.08.2020, 00:14
694
Poytaxtda koronavirusga chalingan ikki ayol vafot etdi

SSV ma`lum qilishicha, ayni soatlarda Mirobod tumanida yashagan 50 yoshli D.A. (ayol) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor koronavirus asoratlari sababli vafot etgan.

E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 476 nafar, Toshkent viloyatida 235 nafar, Samarqand viloyatida 104 nafar, Surxondaryo viloyatida 38 nafar, Sirdaryo viloyatida 28 nafar, Navoiy viloyatida 16 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Namangan viloyatida 7 nafar, Xorazm viloyatida ham 7 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 3 nafar hamda Farg`ona viloyatida ham 3 nafar, jami 950 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib, yurtimizda 22 992 (+950) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (73 foiz) sog`aygan.

Hozirda mamlakatimizda 8 112 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.

Шарҳлар