AsosiyJinoyat

O`rtasaroydagi karantin zonasiga giyohvandlik modda olib kirmoqchi bo`lishdi

'O`rtasaroydagi karantin zonasiga giyohvandlik modda olib kirmoqchi bo`lishdi'ning rasmi

Yuqorichirchiq tumani «O`rtasaroy» karantin shaharchasining qurilish hududida yollanma xizmatchi bo`lib ishlovchi 25 yoshli T.A. nazorat o`tish joyida belgilangan tartibda ko`zdan kechirilganda, uning yonidan og`irligi 2,83 gr marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan, Yuqorichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan T.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar