my5

Saudiya Arabistoni kompaniyasi hamkorligida Sirdaryoda bug`-gaz elektr stansiyasi quriladi

Iqtisodiyot 12.08.2020, 06:49
672
Saudiya Arabistoni kompaniyasi hamkorligida Sirdaryoda bug`-gaz elektr stansiyasi quriladi

“Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bo`lgan yangi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi, deya xabar berdi Huquqiy axborot kanali. 

Qarorga muvofiq, Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, “The International Company for water and power projects” (Saudiya Arabistoni) (Investor) va “Acwa Power Sirdarya” MChJ (Loyiha kompaniyasi) o`rtasidagi Sirdaryo viloyatida quvvati 1 500 MVt bo`lgan bug`-gaz elektr stansiyasini qurish bo`yicha investisiya bitimi tasdiqlandi.  

 Investisiya bitimi u imzolangan kundan e`tiboran kuchga kiradi (2020 yil 6 martda imzolangan).  

Qaror bilan “O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ va Loyiha kompaniyasi o`rtasidagi Elektr energiyasini sotib olish to`g`risidagi bitim ma`qullandi.  

 Loyiha kompaniyasi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda faqat "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJga sotadi.

Investisiya loyihasini amalga oshirish doirasida Loyiha kompaniyasiga, istisno tariqasida, quyidagi huquqlar beriladi:

*  kreditlash, chet el valyutasidagi mablag`larni olish va ulardan foydalanish uchun chet eldagi xorijiy banklarda hisobvaraqlar ochish hamda respublikadagi hisobvaraqlaridan xorijdagi hisobvaraqlariga pul mablag`lari o`tkazish;

*  O`zbekistonning tashqarisidagi xorijiy pudratchilar, etkazib beruvchilar yoki xorijiy kreditorlarga to`lovlarni O`zbekistondagi bank hisobvaraqlari orqali to`g`ridan-to`g`ri amalga oshirish.

Шарҳлар