Boks bo`yicha sobiq jahon chempionlari amerikalik Mayk Tayson bilan kichik Roy Jons o`rtasidagi bellashuv 28 noyabrga belgilandi, deb yozadi The Ring jurnali.
Avval ESPN telekanali mazkur jangni 12 sentyabrda bo`lib o`tadi, deb e`lon qilgandi. The Ring jurnalining xabariga ko`ra, jang Tayson jamoasi tashabbusi bilan orqaga surilgan. Bundan ko`zlangan maqsad bellashuvni o`tkazishdan olinadigan daromadni oshirish. Yaqinda tomonlar uchrashib olgan va Jons ham ushbu taklifni ma`qullagan.
Jang ko`rgazmali bo`ladi, bokschilar sakkiz raund jang qiladi. Musobaqa Karsonda (Kaliforniya shtati) bo`lib o`tadi.
Tayson hozir 54 yoshda, u jami 58 ta jang o`tkazgan, 50 marta g`alabaga erishgan (44 tasi nokaut bilan).