my5

Restoranlar, avia va temir yo`l qatnovlari, to`ylar: 15 avgustdan O`zbekistonda nimalarga ruxsat berilishi rasman e`lon qilindi

Jamiyat 12.08.2020, 23:02
1525
Restoranlar, avia va temir yo`l qatnovlari, to`ylar: 15 avgustdan O`zbekistonda nimalarga ruxsat berilishi rasman e`lon qilindi

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori bilan quyidagilarga ruxsat berildi:

2020 yil 15 avgustdan boshlab:

Avtotransport vositalarining kun davomida to`liq harakatlanishi;

Mahalliy aviaqatnovlar va temir yo`l qatnovi. Bunda, doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temir yo`l qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temir yo`l vagonlarini (har bir o`rindiqni) to`liq dezinfeksiyadan o`tkazish, shu jumladan, ularga havoni zararsizlantirish anjomlarini o`rnatish choralarini ko`rish lozim;

Ochiq havoda xizmat ko`rsatuvchi umumiy ovqatlanish ob`ektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati. Bunda, ushbu ob`ektlar uchun:

* banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga yo`l qo`ymaslik;

* stollar oralig`idagi 2 metrdan kam bo`lmagan ijtimoiy masofani ta`minlash;  

* bir stol atrofida 4 kishidan ko`p bo`lmagan (oila a`zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;  

* xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqopda bo`lishi;  

* har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash talab etiladi.

Shuningdek, mazkur ob`ektlar to`laqonli faoliyat yuritishiga tayyorgarlik ko`rish uchun ularning bino va xonalariga, shuningdek, havo aylantirish tizimiga zararsizlantirish anjomlarini (ultrabinafsha lampalar va b.) o`rnatib borish tavsiya etiladi.

Sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmonxonalar, mehmon uylari, plyajlar, xostellar, ijaraga beriladigan dala hovlilar va boshqa dam olish maskanlari faoliyati. Mazkur faoliyatni amalga oshirishda:

* fuqarolar alohida, bir-biridan ajratilgan holda (har bir oilaga bir xona talabiga rioya etgan holda) joylashtiriladi;

* bino va xonalar doimiy ravishda dezinfeksiya qilib boriladi, shu jumladan, havoni zararsizlantirish anjomlari bilan jihozlash tavsiya etiladi;

Bunda mehmon uylari va xostellar faoliyati Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 6 maydagi 21-son yig`ilish bayonining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Pandemiya sharoitida mehmonxona xizmatlarini tashkil qilish bo`yicha vaqtinchalik yo`riqnoma talablari asosida yo`lga qo`yiladi. Bunda, xostellar faqatgina bir xonaga oilaviy yoki bir kishidan ortiq bo`lmagan mehmonlarni qabul qilishga ruxsat beriladi;

Muzeylar faoliyati;

Go`zallik salonlari va sartaroshxonalar faoliyati uchun – xizmat ko`rsatuvchi shaxslar tomonidan shaxsiy himoya vositalari – tibbiy xalat yoki kombinezon, tibbiy niqob va tibbiy qo`lqopdan foydalangan holda telefon yoki onlayn navbatga yozilgan holda “1 ta xizmat ko`rsatuvchi shaxs – 1 ta mijoz” tamoyili asosida ishlashi talab etiladi;

Oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazish (bunda ushbu tadbirlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o`zida 30 kishidan ko`p bo`lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda);

Шарҳлар