AsosiyDunyo

Rossiya yana to`rt davlat bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda

'Rossiya yana to`rt davlat bilan aviaqatnovlarni tiklamoqda'ning rasmi

Koronavirus pandemiyasi tufayli uzoq tanaffusdan so`ng Rossiya bilan aviaqatnovlar tiklanayotgan mamlakatlar ro`yxati kengaytirilmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 1 sentyabrdan Qozog`iston, Tojikiston, Qirg`iziston va Armanistonga parvozlarni tiklash rejalashtirilmoqda.

Eslatib o`tamiz, shu paytga qadar Rossiya Buyuk Britaniya (London), Turkiya (1 avgustdan Anqara va Istanbul, 10 avgustdan Antaliya, Bodrum va Dalaman) va Tanzaniya (Zanzibar oroli) mamlakatlari bilan muntazam aviaparvozlarni tiklagan edi.

Xalqaro reyslar amalga oshiriladigan shaharlar ro`yxatiga (hozirgi vaqtda faqat Moskva, Sankt-Peterburg va Rostov-Don shaharlari) 1 sentyabrdan Ekaterinburg, Novosibirsk va Vladivostok, keyinroq Sochi, Krasnodar va Qozon shaharlari ham qo`shilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar