my5

Avtobus saloniga niqobsizlar chiqarilmaydi -- "Toshshahartransxizmat"

Jamiyat 14.08.2020, 15:41
386
Avtobus saloniga niqobsizlar chiqarilmaydi -- "Toshshahartransxizmat"

Respublika maxsus komissiyasi bayoniga muvofiq yurtimizda karantin talablari yumshatilishi munosabati bilan  jamoat transporti (metropolitendan tashqari) harakati ham joriy yilning 17 avgustidan boshlab qayta yo`lga qo`yiladi. 

"Toshshahartransxizmat"ning ma`lum qilishicha, sanitarik va epidemiologik orastalikni saqlash maqsadida transport vositalarini dezinfeksiyalash qat`iy nazoratga olinadi. Yo`nalishga chiqish oldidan har bir haydovchi va chiptachi tana harorati tibbiy me`yorda bo`lgan holda, tibbiy niqob va qo`lqop bilan ta`minlanishi nazoratga olinadi.

Yo`nalishga chiqish oldidan "Toshshahartransxizmat" AJ tarkibidagi har bir avtosaroyda har bir avtobus to`liq dezinfeksiya qinadi. Qolaversa, har bir yo`nalishdan qaytgan avtobus qayta dezinfeksiyadan o`tkaziladi.

Eslatma: Sanitariya talablari doirasida yo`lovchilarning avtobus saloniga chiqishda va avtobus ichida tibbiy niqobda bo`lishlari talab etiladi, tibbiy niqobsiz yo`lovchilar avtobus saloniga chiqarilmaydi. 

Hurmatli yo`lovchilar! 
Karantin talablari yumshatilib, barcha faoliyatlarga erkinlik berilayotgani sanitarik qoidalarni chetlab o`tishga yoki unga amal qilmaslikka asos bo`lmaydi. Birgina beparvolik kasallik o`choqlarining yana avj olishiga olib kelishi mumkin. Shunday ekan karantin me`yorlari va belgilangan talablarga og`ishmay amal qilib, o`zimiz va atrofdagilarning salomatligini saqlashga o`z hissamizni qo`shaylik, deyiladi xabarda.

Шарҳлар