my5
Sevimli

“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyati 1 sentyabrgacha to`xtatib turiladi

Hi-tech 29.08.2020, 20:26
“Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimi faoliyati 1 sentyabrgacha to`xtatib turiladi

29 avgust soat 19-00 dan 1 sentyabr soat 19-00 ga qadar “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimining ish faoliyati to`xtatib turiladi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimida kuzatilayotgan muammolarni hal qilish, tizimning uzluksiz ishlashini ta`minlash maqsadida Adliya vazirligi tomonidan ma`lumotlarni yangi server qurilmalariga ko`chirish rejalashtirilmoqda.

 “Sizdan ushbu holatni inobatga olib, shu kunlarda fuqarolarga qabul belgilamasligingiz, shuningdek, notarial idora faoliyat yuritmasligi to`g`risida binoning kirish joyiga e`lon joylashtirishingiz so`raladi”, deyiladi xabarda.

Шарҳлар