Kecha, 3 sentyubr kuni aktrisa Asal Shodieva o`g`il farzdandli bo`ldi. Bu haqda uning qaynonasi, xonanda Shohruxxonning onasi Zebo Navro`zova o`zining instagram sahifasi orqali ma`lum qildi.
"Allohga shukur. Ko`paydik. Bergan ne`matingga shukur", deb yozgan Zebo Navro`zova.
Ayni paytda yulduzli oilani o`zbek san`atkorlari, xonandalar va ularning muxlislari ijtimoiy tarmoqlar orqali tabriklashmoqda.
Biz ham Asal va Shohruxonni uzoq kutilgan yangi mehmon bilan tabriklaymiz.