my5

Sport murabbiyi Ibodulla Rahmonov 65 yoshida vafot etdi.

Sport 10.09.2020, 14:49
1084
Sport murabbiyi Ibodulla Rahmonov 65 yoshida vafot etdi.

Sport fidoyisi, ko`plab chempionlarni tarbiyalagan jonkuyar murabbiy Ibodulla Rahmonov 65 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Ibodulla Rahmonov 40 yildan ortiq vaqt davomida jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat ko`rsatib, mamlakatimiz sporti rivojiga ulkan hissa qo`shgan inson edi.

O`zbek xalqining ardoqli farzandi Ibodulla Rahmonov 1955 yilning 17 iyun sanasida Navoiy shahrida tug`ilgan.

U yunon-rum kurashi bo`yicha Navoiy shahridan etishib chiqqan birinchi sport ustasi edi.

Ibodulla Rahmonov mehnat faoliyatini 1977 yilda Navoiy kon-metallurgiya kombinati kasaba uyushmasi huzuridagi bolalar-o`smirlar sport maktabida yunon-rum kurashi bo`yicha murabbiy sifatida boshlab, keyinchalik bolalar-o`smirlar sport maktabi direktori, Navoiy viloyati jismoniy tarbiya va sport qo`mitasi raisi kabi lavozimlarda ishlagan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan ta`sis etilgan “Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi”, shuningdek, Xalq ta`limi vazirligining “Xalq maorifi a`lochisi” ko`krak nishonlari bilan taqdirlangan.

"Darakchi" jamoasi marhumning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik izhor etadi.

Шарҳлар