my5

Sardobalik bolalar​ “TexnoBus” bilan tanishdi

Hi-tech 12.09.2020, 22:13
491
Sardobalik bolalar​ “TexnoBus” bilan tanishdi

Innovasion rivojlanish vazirligining “TexnoBus” innovasion avtobusi innovasiyalarni targ`ib etish uchun Sardobaga etib bordi. Maqsad -- ro`y bergan fojiali voqealar ta`siridagi yoshlarning ko`nglini ko`tarish, ruhiy dalda bo`lish, ma`naviy qo`llab-quvvatlash.

Uchrashuv davomida o`quvchilar “TexnoBus”ning imkoniyatlari va afzalliklari bilan tanishtirildi. Robototexnika bo`yicha ilk saboqlar, bazaviy mashg`ulotlar hamda mahorat darslari o`tildi.

“TexnoBus” ta`lim platformasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan respublikaning har bir hududida bosqichma-bosqich tashkil etilayotgan Yoshlar texnoparklarining uzviy qismi bo`lib, iqtidorli yoshlar jamoalarini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan. U barcha qulayliklarga ega bo`lib, kerakli zamonaviy qurilmalar bilan jihozlangan. To`g`ridan-to`g`ri elektr tarmog`i, elektr toki generatori va akkumulyator orqali quvvat olish imkoniga ega «O`zOtayo`l» modelidagi ta`lim avtobusi bir vaqtning o`zida 12 nafar o`quvchini o`qita oladi.

Yoshlarga robototexnika va eletronika, 3D prototiplashtirish, muqobil energiya manbalari, dasturlash hamda VR/AR va boshqa interaktiv yo`nalishlar bo`yicha ta`lim beriladi.

Шарҳлар