AsosiyJinoyat

6 yil oldin bedarak yo`qolgan qizning jasadi topildi

'6 yil oldin bedarak yo`qolgan qizning jasadi topildi'ning rasmi

2014 yilning 23 oktyabri Jizzax Baxmal tumani, Novqa qishlog`ida istiqomat qiluvchi 1996 yil tug`ilgan qiz yashash uyidan fuqarolik pasportini olish uchun chiqib ketdi-yu qaytib kelmadi.Bu haqda Jizzax IIB xabar bermoqda

Shundan so`ng qizning onasi huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qildi. Biroq, 6 yil o`tsada qizning na tirigi na o`lgani tasdiqlanmadi.

Ya`ni, Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari olingan ma`lumotlarga asosan bedarak yo`qolgan qizning jasadi va ushbu qotillikni sodir etgan shaxsni aniqladi.

Ma`lum bo`lishicha, 2014 yilning 23 oktyabrida qiz Mo`g`ol qishloq fuqarolar yig`inida istiqomat qiluvchi 1991 yil tug`ilgan erkakning yashash uyiga kelgan va undan xomilador ekanligini bildirgan. Kutilmagan ushbu gap qiz va yigit o`rtasida janjalga sababchi bo`ladi.

Oqibatda yigit qiznin yuziga qattiq zarba berib yiqitgan. Shu atrofdagi elektr simi bilan bo`g`ib joniga qasb qiladi va jasadni gilamga o`rab qurilishi tugallanmagan uyi oldiga ko`mib yuborgan.

Boshqa yangiliklar