my5

Samarqandda IIB xodimiga 4000 AQSh dollariga yaqin pullarni pora tariqasida berayotganlar qo`lga olindi

Jinoyat 16.09.2020, 21:43
Теглар: Samarqand IIB
595
Samarqandda IIB xodimiga 4000 AQSh dollariga yaqin pullarni pora tariqasida berayotganlar qo`lga olindi

Samarqandda IIB xodimiga 4000 AQSh dollariga yaqin pullarni pora tariqasida berayotganlar qo`lga olindi.Bu haqda  Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda



Olingan tezkor ma`lumotga asosan, Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning “G`allakor” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.ning yashash uyi ko`zdan kechirilib, uyida tarkibida oltin moddasi bo`lishi ehtimoli bo`lgan toshlarni maydalash uchun mo`ljallangan tegirmon, tegirmon ichidan 300 kilogramm qum, 25 qop tosh (2 tonna), 31 qop qum (1,5 tonna)lari aniqlanib tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shu vaqtda Sh. ning xonadoniga Qo`shrabod tumani “Boytup” qishlog`ida yashovchi, qarindoshi fuqaro B. kelib, tosh va qumlarni hujjatlashtirib olib ketmaslik evaziga IIB xodimlariga 2.000 AQSh dollarini taklif qiladi. IIB xodimlari fuqarolarga pora berish jinoyat ekanligini har qancha tushuntirishmasin “ishni bosdi-bosdi qilish uchun kelishuv” 4.000 AQSh dollari miqdorigacha ko`tarilib, fuqarolar pora taklif qilishda davom etadi.

IIB xodimining qilgan murojaatiga asosan, 2020 yil 15 sentyabr kuni IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B. IIB xodimiga 17.000.000 so`m miqdordagi pullar va 1.900 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda prokuratura organlari tomonidan har ikkala fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
 

Шарҳлар