my5

Samarqandda IIB xodimiga 4.000 AQSh dollariga yaqin pullarni pora tariqasida bergan yana bir fuqaro qo`lga olindi

Jinoyat 17.09.2020, 09:20
524
Samarqandda IIB xodimiga 4.000 AQSh dollariga yaqin pullarni pora tariqasida bergan yana bir fuqaro qo`lga olindi

Samarqand viloyati Payariq tumani IIB xodimlari tomonidan tumanning "G`allakor" mahallasida yashovchi fuqaro Sh.ning yashash uyi ko`zdan kechirilgan. Bu haqda Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Tadbir davomida uyda tarkibida oltin moddasi bo`lishi ehtimoli bo`lgan toshlarni maydalash uchun mo`ljallangan tegirmon, tegirmon ichidan 300 kilogramm qum, 25 qop tosh (2 tonna), 31 qop qum (1,5 tonna) aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.

Shu vaqtda Sh.ning xonadoniga Qo`shrabod tumani "Boytup" qishlog`ida yashovchi qarindoshi, fuqaro B. kelib, tosh va qumlarni hujjatlashtirib olib ketmaslik evaziga IIB xodimlariga 2000 AQSh dollarini taklif qilgan. IIB xodimlari fuqarolarga pora berish jinoyat ekanligini tushuntirishmasin, "ishni bosdi-bosdi qilish uchun kelishuv" 4000 AQSh dollari miqdorigacha ko`tarilib, fuqarolar pora taklif qilishda davom etgan, deyiladi xabarda.

IIB xodimining qilgan murojaatiga asosan, 2020 yil 15 sentyabr kuni IIV O`z xavfsizligi boshqarmasi Samarqand viloyati bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

O`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro B. IIB xodimiga 17 000 000 so`m miqdordagi pullar va 1900 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Hozirda prokuratura organlari tomonidan har ikkala fuqaroga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Шарҳлар