AsosiyJamiyat

Jizzaxda 9-sinf o`quvchisi dars paytida to`satdan vafot etdi

'Jizzaxda 9-sinf o`quvchisi dars paytida to`satdan vafot etdi'ning rasmi

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi 11-umumta`lim maktabida o`quv yili boshlanishining birinchi kunida 9-sinf o`quvchisi dars vaqtida to`satdan vafot etdi. Bu haqda Telegram’dagi «Davletovuz» kanali xabar berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, hodisa 3-soat — informatika darsida yuz bergan. Dars tugashiga 15 daqiqa qolganda o`quvchi qiz hushidan ketgan.

Maktab direktori o`rinbosari Dilnoza Hotamovaning so`zlariga ko`ra, dars vaqtida vafot etgan 9-«V» sinf o`quvchisining holati ertalab maktabga kelganida juda yaxshi, tana harorati ham joyida bo`lgan. Barcha o`quvchilar qatorida antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.

«Shu kuni ‘Xavaslik’ qishloq vrachlik punkti shifokorlari 1-sinf o`quvchilarini emlash uchun maktabga kelgan bo`lgan. Ular hushidan ketgan o`quvchi qizga birinchi yordam ko`rsatgan. Qizda hayot uchun hech qanday belgi ko`rinmagan bo`lsa-da, unga o`pka-yurak reanimasiyasi amalga oshirilgan. 15 daqiqalik reanimasiya harakatidan keyin ham bemorda hayot belgilari tiklanmagan. Bundan tashqari, o`quvchi qizga tashqi yurak massaji qilingan va sun`iy nafas berib, birinchi tibbiy yordam ko`rsatilgan. Ammo buning foydasi bo`lmagan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishcha, ayni vaqtda o`quvchi qizning to`satdan vafot etishi yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan surishtiruv va ekspertiza ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar