my5

Allergik yo`tali bor bolaga koronovirus yuqqanini qanday bilsa bo`ladi?

Salomatlik 17.09.2020, 14:04
713
Allergik yo`tali bor bolaga koronovirus yuqqanini qanday bilsa bo`ladi?

Farzandimning allergiyasi bor, kuz-bahor oylarida allergik yo`tal  bezovta qiladi. Unga koronovirus yuqqanini qanday bilsam bo`ladi?  

Koronavirusga qarshi shtab a`zosi Barno Abdusamatova ushbu savolga quyidagicha javob berdi:

–Kuz-bahor mavsumining boshlanishi, havo harorati sovib borishi bilan ayrim kasalliklar yuzaga chikadi. Bular orasida, ayniqsa allergiya kasalligi ko`pchilikni bezovta qiladi.

 Allergik yo`tal uzoqrok davom etadi va mavsumiy bo`ladi. Allergiya mavsumiy kasallik bo`lganligi sababli shu davrda bemor o`zining allergolog shifokori bilan maslahatlashib turishi kerak.  

Konovirus kasalligi yo`taldan tashqari bir qator simptomlar bilan kechadi. Masalan, tana harorati ko`tarilishi, mushaklarda og`riqk, nafas qisishi,  ta`m va hid yo`qolishi va hokazolar.  

❗️Agar farzandingizda yo`taldan tashqari shu belgilar namoyon bo`lsa hxududiy poliklinikaga murojaat qiling. Chunki allergiya fonida keladigan koronovirus kasalligi nafas siqishi kabi alomatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun farzandingizda kasallik alomatlari kuzatilsa darhol shifokorga murojaat qiling.

Шарҳлар