my5

Urganchda xalqaro universitet filiali tashkil etildi

Jamiyat 18.09.2020, 13:05
Теглар: Urganch
431
Urganchda xalqaro universitet filiali tashkil etildi

Urganch shahrida xalqaro “Binary” (Malayziya) universiteti filiali tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tekgishli qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, tadbirkorlik va boshqaruv, ijtimoiy-iqtisodiy hamda iqtisodiyotning ehtiyoj yuqori bo`lgan boshqa sohalari bo`yicha malakali oliy ma`lumotli kadrlarni tayyorlash Filialning asosiy vazifa va faoliyat yo`nalishlaridan biri hisoblanadi.

Filial nodavlat oliy ta`lim tashkiloti bo`lib, o`qish ingliz, rus va o`zbek tillarida to`lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialda bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta`lim shakllari hamda magistratura bo`yicha kadrlar tayyorlanadi.

Filialning har yilgi qabul parametrlarining 5 foizidan kam bo`lmagan qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o`zlashtirish ko`rsatkichlari yuqori bo`lgan farzandlari orasidan tanlov asosida abiturientlarni bepul (Filial granti asosida) o`qishga qabul qilish uchun ajratiladi.

Shuningdek, Filialda professor-o`qituvchilar tarkibining 40 foizidan kam bo`lmagan qismi malakali xorijiy professor-o`qituvchilar bilan to`ldiriladi.

Filial bitiruvchilariga O`zbekiston va Malayziyada oliy ta`lim to`g`risidagi hujjat sifatida tan olinadigan Universitetning belgilangan namunadagi diplomi beriladi.

Шарҳлар

Urganchda akademik lisey talabasi BMT konferensiyasida taqdirlandi

17.10.2020, 18:52

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali akademik liseyi talabasi Kadirova Lobar BMT ning " The misuce of Artificial Intelligence " ( Sun`iy Intellektdan noto`g`ri foydalanish)...
«O`zbekinvest» Xorazmda aholini aldayapti

30.10.2019, 10:46

«O`zbekinvest» milliy sug`urta kompaniyasining Urganch filiali ayrim xodimlari  sug`urtalashning yangicha usuli kashf etishayotgandek.Ma`lum qilinishicha, yaqinda filial xodimlari Hazorasp tumanidagi qishloqlarda uyma-uy yurib, o`zlarini go`yoki tuman...
​ShAVKAT MIRZIYoEV URGANCh XALQARO AEROPORTIDA BAJARILGAN REKONSTRUKSIYa IShLARI BILAN TANIShDI

14.10.2017, 11:28

Prezidentimiz Xorazm viloyatiga tashrifini Urganch xalqaro aeroportida bajarilgan rekonstruksiya ishlari bilan tanishishdan boshladi. Butun mamlakatimizda bo`lgani kabi Xorazm viloyatida ham ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda....
​“Urganch” va “Samarqand” xalqaro aeroportlari yilning eng yaxshi aeroportlari qatoridan joy oldi

06.06.2017, 16:06

“Urganch” va “Samarqand” xalqaro aeroportlari yana bir bor Fuqaro aviasiyasining “Aeroport” assosiasiyasi tomonidan 2016 yil natijalari bo`yicha o`tkazilgan nufuzli tanlovi g`oliblari bo`lishdi.“MDH mamlakatlaridagi yilning eng...