my5

Norinda tog`asi jiyanining sevgan yigitini bir urib, o`ldirib qo`ydi

Jinoyat 18.09.2020, 14:34
1030
Norinda tog`asi jiyanining sevgan yigitini bir urib, o`ldirib qo`ydi

Norin tumanida tog`asi qiz jiyanining sevgan yigitini bir urib, o`ldirib qo`ydi. Bu haqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi. 

Voqea joriy yilning 16 sentyabr kuni soat 06:00 larda Norin tumanida sodir bo`lgan. Shu hududda yashovchi 1989 yilda tug`ilgan fuqaro shu tumanda yashagan 1990 yilda tug`ilgan tanishi 1994 yilda tug`ilgan jiyani bilan ishqiy munosabatlarda bo`lib yurgan yigit bilan o`zaro janjallashib, yigitning yuz qismiga qo`li bilan bir marotaba urgan.

Natijada jabrlanuvchi og`ir tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki ma`lumotnomasida, marhum bosh miya og`ir yopiq shikasti, bosh miya pardalari ostiga katta xajmda qon quyilishi, og`ir darajali miya lat eyishi, miya komasi, lab sohasi qontalash jarohatlanishi oqibatida o`tkir yurak-qon tomir va nafas etishmovchiligi natijasida vafot etganligi ko`rsatilgan.

Ushbu holat bo`yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O`z.R JKning 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O`z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Шарҳлар