my5

Sanitayzer-dispenserlar nima, u qanday maqsadlarda qo`llaniladi?

Jamiyat 18.09.2020, 16:37
325
Sanitayzer-dispenserlar nima, u qanday maqsadlarda qo`llaniladi?

 Ushbu savolga AOKAda o`tkazilgan birfingda ishtirok etgan Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Nurmat Otabekov quyidagicha javob berdi:

"Sanitayzer-dispenser qo`llarni zararsizlantirish uchun ishlatiladigan antiseptik-dezinfeksiya vositasi bo`lib, qo`l yuvish uchun sovun va suv bo`lmaydigan joylarda elementar qo`l gigienasiga rioya etish uchun mo`ljallangan moslamadir.

Boshqa sanitayzerlardan farqi sensorlik bo`lib, qo`l uning ichiga kiritilishi bilan dezinfeksion vositalarni katta bosimda qo`lingizga sepadi.

Sanitayzerlar suyuq eritma, gel va ko`pik ko`rinishida bo`ladi, ta`sir etuvchi vositasi spirt (izoprapanol, etanol, propanol) yoki povidon yod hisoblanadi. Shuningdek, qo`l terisini yumshatish uchun ularning tarkibida gliserin, o`simliklarning efir moylari bo`lishi mumkin. 

Tarkibida spirt saqlovchi antiseptiklar mikroorganizmlarni yo`qotishda eng samarali vosita bo`lib hisoblanadi.

JSST sanitayzer-dispenserlardan foydalanishda masofadan haroratni o`lchash, bino va inshootlarning kiraverishida niqob tarqatish masalalarini ham tavsiya qilmoqda", deydi mutaxassis.

Шарҳлар