my5

«Novda» filmi bilan tanilgan aktrisa Gulinur Abdullaeva rejissyorga turmushga chiqdi

Shou-biznes 19.09.2020, 11:24
5355
«Novda» filmi bilan tanilgan aktrisa Gulinur Abdullaeva rejissyorga turmushga chiqdi

19 sentyabr kuni Tashkent City’da yana bir yulduzli to`y bo`lib o`tdi. «Novda» filmidagi Zubayra obrazi bilan tanilgan yosh aktrisa Gulinur Abdullaeva rejissyor Habibulla Nabievga turmushga chiqdi. Bu haqda internet saytlari va mashhuralar o`zlarining intagram sahifalarida yozmoqda. 

Nikoh oqshomida o`zbek shou-biznesining ko`plab vakillari mehmon bo`ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan kechada Davron Kabulov, Dildora Rustamova, Shohruhxon, Lola va Shahlo Ahmedova xizmatda bo`lgan. Aktyor Alisher Uzoqov esa Habibullaga kuyovjo`ra bo`ldi.

Aktrisa Gulinur Abdullaeva

Foto: Instagram / @gulinur_abdullayeva

Ma`lumot uchun, kuyov Habibulla Nabiev mahoratli klipmeyker sifatida tanilgan. U shu paytga qadar aksariyat taniqli xonandalar, jumladan, Munisa Rizaeva, Ulug`bek Rahmatullaev, Lola va Shahlo Ahmedova, Jahongir Otajonovlar bilan hamkorlik qilgan.

Шарҳлар