my5

Pensiya jamg`armasi xodimi vafot etdi

Jamiyat 19.09.2020, 22:29
1238
Pensiya jamg`armasi xodimi vafot etdi

Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i Mirodil Kasimov olamdan o`tdi, deya xabar berdi Jamg`arma matbuot xizmati.

Xabarga ko`ra, marhum 2020 yil 19 sentyabr kuni jiddiy kassalik bilan og`ir kurashdan so`ng 34 yoshida vafot etgan.

Mirodil Kasimov 10 yildan ortiq vaqt mobaynida, jumladan, 2010-2015 yillar davomida Pensiya jamg`armasining Toshkent viloyat boshqarmasida Mablag`larni boshqarish va to`lov monitoringi bo`limida mutaxassis keyinchalik bo`lim boshlig`i lavozimida ishlab kelgan.

2015-2020 yillarda Pensiya jamg`armasining ijro etuvchi apparatining  Mablag`larni boshqarish va pensiya, nafaqalar to`lovi monitoringi bo`lim boshlig`i lavozimida faoliyat yuritib, o`zining mehnatsevar, ma`suliyatli va har bir ishga puxtalik bilan yondoshishi bilan tizim taraqqiyotiga munosib ulush qo`shgan.

Jamg`arma jamoasi marhumning oila a`zolariga chuqur hamdardlik va ta`ziya bildirgan.

Шарҳлар