my5

“Shum bola-2020” xalqaro kinofestivaliga start berildi

Madaniyat 19.09.2020, 23:05
335
“Shum bola-2020” xalqaro kinofestivaliga start berildi

Shu yilning 21-25 sentyabr kunlari Toshkentdagi "Humo" arena muz saroyida “Shum bola-2020” kinofestivali o`tkaziladi. 

Festival “O`zbekkino” Milliy agentligi, Toshkentdagi Gyote instituti “Shlingel” xalqaro kinofestivali bilan hamkorlikda tashkil etiladi. 

Bolalar va o`smirlar kino sanoatidagi so`nggi xalqaro mahsulotlarini etkazib beruvchi “Shlingel” xalqaro kinofestivali tomonidan zamonaviy hamda dolzarb mavzudagi nemis filmlari o`zbek va rus tillarida namoyish etiladi. Shuningdek, festival doirasida o`zbek kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar hamda “O`zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan yaratilgan “Zumrasha” kinojurnalining yangi filmlari taqdim etiladi.  

“Shum bola-2020” festivali bolalar, yoshlar, ota-onalar, o`qituvchilar va mutaxassislar uchun mo`ljallangan. 

Namoyishlarga kirish bepul.  

Ma`lumot uchun. Festival dasturidan Germaniyaning “Juda qalin do`stlar”, “Ko`rinmas Syu”, “Rokka dunyoni o`zgartiradi”, “Frisi – tarixdagi burilish nuqtasi” kabi filmlar o`rin olgan.

Шарҳлар