AsosiySport

OChL: Bugun "Paxtakor" futbolchilari "Shabab Al Ahli"ga qarshi o`ynaydi

'OChL: Bugun "Paxtakor" futbolchilari "Shabab Al Ahli"ga qarshi o`ynaydi'ning rasmi

Bugun Osiyo chempionlar ligasining 5-turida "Paxtakor" "Shabab Al Ahli" bilan o`ynaydi.

Bugungi bahsda diskvalifikasiya sababli "Paxtakor"ga Anzur Ismoilov yordam bera olmaydi. O`tgan turda majburan dam olgan Eldor Suyunov va Dragan Cheran esa maydonga tusha oladi. Dubayliklardan Muhammad Marzuq va Volid Jaber sariq kartochkalar tufayli maydonga tushmaydi.

4ta turdan keyin "Paxtakor" 7 ochko bilan ikkinchi o`rinda borayotgan bo`lsa, Azizjon G`aniev o`ynayotgan "Shabab Al Ahli" hisobida 6 ochko bor. Bugungi o`yinda "Paxtakor" g`alaba qozonsa muddatdan avval keyingi bosqichga chiqadi. 

"Shabab Al Ahli" - "Paxtakor" o`yin 20 sentyabr, yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da Doxadagi "Al Janub" stadionida boshlanadi.

"Shabab Al Ahli"ning OChL uchun ro`yxati

Darvozabonlar
1. Jamol Ismoil
17. Hassan Hamza
55. Majid Nosir

Himoyachilar
2. Salmin Hamis
4. Muhammad Marzuq
5. Volid Abbos
9. Abdulaziz Haykal
19. Marvan Al Vatani
20. Yusuf Jaber
21. Muhammad Jaber
29. Omar Ahmad
33. Xalifa Muborak
37. Ahmad Abdulloh

Yarim himoyachilar
3. Karlos Eduardo (Braziliya)
6. Aziz G`aniev (O`zbekiston)
7. Ismoil Al Hammadi
8. Volid Hussayn
15. Abdulla Naqbi
16. Said Al Blushi
30. Muhammad Juma
42. Leonardo (Braziliya)
62. Abdulaziz Sangur
77. Ahmad Al Hashmi
78. Eyd Xamis
88. Majid Hassan

Hujumchilar
10. Pedro Konde (Ispaniya)
11. Ahmad Halil
34. Harib Abdulloh
95. Rashid Suhayl

Kecha o`yindan oldingi matbuot anjumanida Shota Arveladze va Egor Krimes ishtirok etishdi.
Bugungi bahsni singapurlik Muhammad Taqi Al Jaafari boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.

OChL-2020, 5-tur, "B" guruhi
"Shabab Al Ahli" (BAA) - "Paxtakor" (O`zbekiston)
Bosh hakam: Muhammad Taqi Al Jaafari (Singapur)
Qanot hakamlari: Ronni Koh Min, Abdul Hannan bin Abdul (ikkisi Singapur)
Zaxira hakami: Mohd Amirul Izvan (Singapur)
Nazoratchi: Ismoil Adnan (Iordaniya)

    Boshqa yangiliklar