my5

Olimlar koronavirus tarqalishining eng asosiy yo`lini aniqlashdi

Dunyo 20.09.2020, 22:35
3143
Olimlar koronavirus tarqalishining eng asosiy yo`lini aniqlashdi

Insonda COVID-19 kasalligini qo`zg`atuvchi SARS-CoV-2 virusi ob`ektlar yuzasidagi infeksiya manbalari orqali emas, asosan havo orqali tarqaladi. Nyu-Yorkdagi Montefiore tibbiyot markazi olimlari boshqa tibbiy muassasalar bilan hamkorlikda o`tkazgan tadqiqotida ana shunday xulosaga keldi, deb yozmoqda "Sog`lom hayot" kanali.

Olimlarning fikricha, bir nechta ilmiy maqolalarda kasallik qo`zg`atuvchilari narsalarning yuza qismida bir necha soat yashay olishi haqida aytilgan bo`lsa-da, aslida koronavirus RNKsi atrof-muhitda kamdan-kam uchraydi. Kasallanishning eng asosiy omili – infeksiyani yuqtirgan odamga yaqin masofada bo`lish va binolardagi noto`g`ri ishlayotgan ventilyasiya tizimlaridir.

Mazkur tadqiqot ham ijtimoiy masofa saqlash va ko`pchilik bir joyga to`planmasligining muhimligini yana bir bor tasdiqladi.

Шарҳлар