my5

Chilim chekkan odamlarga kasallik yuqmaydimi?

Salomatlik 21.09.2020, 14:05
740
Chilim chekkan odamlarga kasallik yuqmaydimi?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi a`zosi Sevara Ubaydullaeva ishtirokidagi brifingda koronavirus infeksiyasi borasida dolzarb savollar yuzasidan javob qaytarildi.

❓Chilim chekkan odamlarga kasallik yuqmaydi degan gaplar bor. Bu qanchalik haqiqat?

–Sigaretga o`xshash vositalar turidan biri kalyan (chilim) chekish, bu ham chekuvchilikning bir turi hisoblanadi.

Bu holatlar inson organizmida turli o`zgarishlarni keltirib chiqarib, surunkali ravishda qo`llanilish oqibatida o`pkaning jarohatlanishlari kelib chiqadi.

JSST tashkiloti tadqiqotlaridan birida kafe va barlarda umumiy hamma foydalanadigan kalyan (chilim) uskunasi va jihozlari tekshiruvi o`tkazilganida, kalyan (chilim)da inson nafas olib chiqarishida, turli xil nafas yo`llari orqali o`tadigan kasalliklar yuqishi extimoli yuqori ekanligini tasdiqlagan.

Shuningdek, koronavirus tutundan qo`rqadi degan gaplar o`z tasdig`ini topmagan, sababi chekuvchilar ham kasallanishi kuzatiladi. Bunday holatlar, koronavirus kasalligini kechuvini og`irlashtirishi tabiiy. Kasallikni engil kechishi uchun bunday odatlardan voz kechsangiz o`z salomatligingizni yanada himoya qilgan bo`lasiz.

Шарҳлар