🔺2020 yil 21 sentyabr soat 23:30 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 52 259 (+189) nafarni tashkil etmoqda. 🔴Yangi kasallanish holatlarining 110 nafari Toshkent viloyatida, 79 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko`tarilganligi hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan. 🔴Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. ❗️E`tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 396 nafar, Toshkent viloyatida 130 nafar, Namangan viloyatida 85 nafar, Jizzax viloyatida 30 nafar, Andijon viloyatida 18 nafar, Buxoro viloyatida 7 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasida 4 nafar hamda Farg`ona viloyatida ham 4 nafar bemor tuzaldi. ❗️Shunday qilib, yurtimizda 48 606 (+674) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog`aygan. ‼️Hozirda mamlakatimizda 3 215 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. | |
21.09.2020 23:44
BUGUN YuRTIMIZDA 674 NAFAR BEMOR KORONAVIRUSDAN SOG`AYDI
