AsosiyDunyo

Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o`tkaziladi

'Rossiyada koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o`tkaziladi'ning rasmi

Rossiya sog`liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi yana bir vaksina sinovlari o`tkazilishini ma`qulladi.

Chumakov markazi tomonidan ishlab chiqarilgan mazkur vaksina sinovida uch mingdan ortiq ko`ngillilar ishtirok etadi, deyiladi vazirlikning matbuot xizmati xabarida.

Ta`kidlanishicha, ishtirokchilarning bunday miqdori Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti talablariga muvofiq keladi.

Ishlanma mualliflari sinovlarni shu yilning noyabrida yakunlashni mo`ljallagan.

Dori vositasining klinik sinovlari Kirov, Sankt-Peterburg va Novosibirskda o`tkaziladi. Sinov ishtirokchilari vaksinasiyadan so`ng 16 kunlik cheklangan muhitda bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, Rossiyadagi “Sputnik V” nomli birinchi vaksina avgustda ro`yxatdan o`tkazilgandi.

    Boshqa yangiliklar