Bugun O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, taniqli suhandon va san`atkor Shuhrat Qayumov vafot etdi. Ma`lumotlarga ko`ra u yurak hurujidan vafot etdi.
Shuhrat Qayumov uzoq yillar "O`zbekiston" teleradiokanalida "Assalom O`zbekiston", "Ohangrabo" ko`rsatuvlarini tayyorlab, muhlislar qalbiga kirib borgan.
Uning taronalari ham ko`plab qalblarni zabt etgan.
Marxumning oila a`zolariga hamdardlik bildiramiz.