my5

JSSTning vaksina etkazib berish bo`yicha dasturiga jahonning 156 mamlakati qo`shildi

Dunyo 22.09.2020, 15:58
631
JSSTning vaksina etkazib berish bo`yicha dasturiga jahonning 156 mamlakati qo`shildi

Jahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti rahbarlik qiladigan COVAX nomli ittifoqning dushanba kuni ma`lum qilishicha, COVID-19 ga qarshi vaksinani davlatlar orasida adolatli tarzda taqsimlash bo`yicha dasturga hozirgacha jahondagi 156 ta mamlakat qo`shildi. Bu haqda tarjumon.uz xabar berdi.

Ushbu davlatlar ro`yxatidan 64 ta boyroq bo`lgan va o`zini-o`zi moliyalashtira oladigan mamlakatlar ham o`rin olgan. COVAXning maqsadi dunyo davlatlariga 2021 yilning oxirigacha xavfsiz va samarali bo`lgan vaksinalardan 2 million dozada etkazib berishdir.

COVAX GAVI nomli vaksina ittifoqi bilan hamkorlikda ish olib boradi. U koronavirusga qarshi vaksinalar tayyor bo`lganida ularni dunyo mamlakatlari o`rtasida teng miqdorda tarqatishni kafolatlash uchun tashkil qilingan.

Шарҳлар