Bir necha kundan beri keskin muzokaralarga sabab bo`layotgan Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi IMEI-kodlar masalasida bayonot berdi.
Vazirlar Mahkamasining 22.10.2018 yildagi 847-sonli qarorining 2-bandida "Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi — mobil qurilmalarning identifikasiya kodlarini ro`yxatga olish va qo`llash, ushbu yo`nalishda normativ-huquqiy bazani yaratish va takomillashtirish bo`yicha vakolatli organ” deb belgilangan.
Shu asosda «O`zbekiston telekommunikasiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi» davlat unitar korxonasi — Tizim operatori Jismoniy shaxslar tomonidan uchinchi shaxslarning shaxsiy ma`lumotlaridan (pasport ma`lumotlari va telefon raqamidan) foydalanish orqali ro`yxatdan o`tkazish holatlarining oldini olish maqsadida mobil qurilmalarni ro`yxatdan o`tkazish jarayoniga qo`shimcha tekshiruv algoritmi kiritildi. Ya`ni, qurilmaning IMEI-kodini/kodlarini ro`yxatdan o`tkazishda jismoniy shaxslar tomonidan foydalaniladigan abonent raqami mahalliy mobil operatorlaridan ariza beruvchi nomiga rasmiylashtirilganligi talab etiladi.
Shuningdek, vazirlik ayrim raqamlarni ham e`lon qilgan:
Bugungi kunda tizim orqali 47,14 mln. dan ziyod IMEI kodlar ro`yxatdan o`tkazilgan.
Jumladan:
2019 yil 1 apreldan 2019 yil 1 noyabrgacha – 42,61 mln. IMEI kodlari avtomatik tarzda;
2019 yil 1 noyabrdan 1 dekabrgacha – 1,47 mln. IMEI kodlari bepul ravishda operatorga murojaat etish orqali;
2020 yilning 1 yanvaridan 15 centyabrgacha – 3,06 mln. IMEI kodlar pullik asosda: shundan 691,1 ming dona import qiluvchilar (22,5 foiz), 51,5 ming dona mahalliy ishlab chiqaruvchilar (1,7 foiz), 2,323 mln. dona jismoniy shaxslar (75,8 foiz) tizimda ro`yxatdan o`tkazildi.
Demak, joriy yilda IMEI-kodlarni ro`yxatdan o`tkazish evaziga xalqdan 136 mlrd so`mdan ko`proq pul yig`ib olingan. Kamida deganimning sababi raqamlar bundan ham katta bo`lishi mumkin.
Lekin bu pullar nima asosga ko`ra olinyapti? Shundoq ham noqonuniy telefon savdosiga barham berilayotgani evaziga davlat byudjetiga katta miqdorda soliq va bojxona to`lovlari tushyaptiku. Nima uchun yana xalqni o`zidan to`lov olinishi kerak? Yaxshi buzoq ikkita sigirni emadi, deganimi bu? Hozircha vazirlik bunga biror tayinli javob bergani yo`q, deya mulohaza qilmoqda Xushnudbek