AsosiyJamiyat

Eslatma: bugundan Toshkent metropolitenining qator metro bekatlari vestibyullari vaqtincha yopildi

'Eslatma: bugundan Toshkent metropolitenining qator metro bekatlari vestibyullari vaqtincha yopildi'ning rasmi

2020 yil 24 sentyabr soat 05:00dan boshlab poytaxt metropolitenining qator metro bekatlari vestibyullari vaqtincha yopildi. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

«Toshkent metropoliteni» UK xabariga ko`ra, bunga ishlab chiqarish ehtiyojlari sabab bo`ldi.

Yopilgan vestibyullar:

Chilonzor yo`nalishi

- «Pushkin» bekati - «Salar» ko`prigi tomonidagi vestibyul;

- «Hamid Olimjon» bekati - «NBU» banki tomonidagi vestibyul;

- «Amir Timur Xiyoboni» bekati - 50-maktab tomonidagi vestibyul;

- «Mustaqillik Maydoni» bekati - «Mustaqillik maydoni» tomonidagi vestibyul;

- «Xalqlar Do`stligi» bekati – «Toshkent citi» tomonidagi vestibyul;

- «Novza» bekati - «Novza» masjidi tomonidagi vestibyul;

- «Mirzo Ulug`bek» bekati – «Milliy» stadioni tomonidagi vestibyul.

O`zbekiston yo`nalishi

- «Toshkent» bekati – Bosh pochta tomonidagi vestibyul;

- «Oybek» bekati - Farmasevtika instituti tomonidagi vestibyul;

- «Kosmonavtlar» bekati - "Interpol tomonidagi vestibyul;

- «Tinchlik» bekati - Gaz loyihalash instituti tomonidagi vestibyul.

Yunusobod yo`nalishi

- «Ming O`rik» bekati - Geologiya muzeyi tomonidagi vestibyul;

- «Abdulla Qodiriy» bekati – Gyote instituti tomonidagi vestibyul;

- «Minor» bekati - moliya instituti tomonidagi vestibyul;

- «Bodomzor» bekati – «NBU» bank tomonidagi vestibyul;

- «Shahriston» bekati - «Yunusobod» bozori tomonidagi vestibyul;

- «Turkiston» bekati - «Uch Qahramon» tomonidagi vestibyul.

    Boshqa yangiliklar