Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 185-son Qarori bilan tasdiqlangan, "Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni chakana realizasiya qilish tartibi to`g`risida"gi nizomga ko`ra:
➖ Dorixonalar sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, ma`danli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qo`shimchalarni realizasiya qilishni ularning qo`llanishi va realizasiya qilinishi uchun tegishli hujjatlar (https://lex.uz/docs/2946054) mavjud bo`lgan taqdirda amalga oshirishi mumkin.
Uzpharmagency ogohlantirishicha, virus blokatori - gigiena ashyosi hisoblanib, undagi xlor dioksidi kishilar atrofidagi havoni zararsizlantirib, bakteriya, virus va zamburug`lardan tozalaydi. Lekin koronavirusdan himoya qilishi haqida ilmiy tasdiqlar mavjud emas.
Eslatib o`tamiz, “Reklama to`g`risida”gi Qonunning 13-moddasiga muvofiq, foydalanuvchilarni chalg`ituvchi yoki chalg`itishi mumkin bo`lgan noto`g`ri (bila turib yolg`on) reklama taqiqlanadi.