my5

Nyu-Yorkda o`zbek maktabi ochildi

Dunyo 24.09.2020, 13:35
532
Nyu-Yorkda o`zbek maktabi ochildi

AQShning Nyu-York shahrida o`zbek tilida ham o`qitiladigan maktab ochildi

“Ziyo Art” nomli o`zbek maktabi Nyu-Yorknin Bruklin mavzesida (AQSh) ish boshladi. Uning rasmiy ochilish marosimi 2020 yil 19 sentyabr kuni bo`lib o`tdi. Tadbir O`zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi va “Mahalla USA” diaspora tashkiloti bilan birgalikda tashkil etildi.

Bosh konsulxona ma`lumotlariga ko`ra, maktab 16 Avenue O, Brooklayn NY 11204 manzilida joylashgan bo`lib, “O`zbek tili va adabiyoti”, «Odobnoma», “Tasviriy san`at”, «Shaxmat» va «Matematika» fanlari bo`yicha mashg`ulotlar olib boriladi:

Darslar shanba va yakshanbada o`zbek tilida O`zbekistondan olingan maxsus o`quv materiallaridan foydalangan holda malakali o`qituvchilar tomonidan olib boriladi. O`qituvchilar tanlov asosida saralab olingan.

Bosh konsulxona O`zbekiston Hukumati nomidan o`zbek maktabi kutubxonasi fondiga kitoblar va badiiy adabiyotlarni topshirdi.

Шарҳлар