AsosiyJinoyat

Jizzaxda niqob taqqanlar xonadon qizlariga pichoq tirab, qo`rqitishib tunab ketishdi. Bosmachi sobiq kuyov bo`lib chiqdi

'Jizzaxda niqob taqqanlar xonadon qizlariga pichoq tirab, qo`rqitishib tunab ketishdi. Bosmachi sobiq kuyov bo`lib chiqdi'ning rasmi

Joriy yilning 12 sentyabrga o`tar kechasi soat 3.30larda Jizzax shahri Xalqobod mahallasida yashovchi, 1972 yilda tug`ilgan uy bekasi F.M.ning turar joyida bosqinchilik ro`y berdi. 

Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining ma`lukm qilishicha, 3 nafar niqob taqqan yigitlar jabrlanuvchi yashaydigan uy devoridan oshib kirib, F.M. hamda uning 1998 hamda 2017 yillarda tug`ilgan qizlarini pichoq bilan qo`rqitishgan va pul talab qilganlar. Bu jarayonda bosqinchilar jabrlanuvchilarni urib, yuz va tanalariga jarohat etkazishgan.

Ular uydagi temir seyfni buzish yo`li bilan ochib, 207 ming AQSh dollari, 3 dona tilla bilakuzuk, 5 dona tilla uzuk, 2 dona tilla zirak, 2 dona tilla zanjirni olib chiqib ketishgan. Umuman olganda F.M.ga etkazilgan zarar 267 ming AQSh dollarini tashkil qildi.     

Jabrlanuvchi bu to`g`rida ichki ishlar organlarini ogoh etgach, tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi. Jumladan, pul va tilla buyumlar borligidan xabardor kishilarning jinoyat ro`y bergan vaqtda qaerda bo`lganligi aniqlandi. Tilla taqinchoqlari sotilishi mumkin bo`lgan joylarga e`tibor qaratildi. Hududdagi videokameralar tasvirlari o`rganilib, muqaddam sudlanganlar, jinoyatga moyil shaxslar bilan suhbatlar o`tkazildi.

Bu kabi sa`y-harakatlar natijasida jinoyatni Toshkent shahri Olmazor tumani Qoraqamish dahasida yashovchi, muqaddam sudlangan, 1993 yilda tug`ilgan S.X., xuddi shu manzilda yashovchi, muqaddam sudlangan, 1994 yilda tug`ilgan Sh.R., Toshkent shahri Sirg`ali tumani Quruvchilar dahasida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan A.X., Toshkent viloyati Zangiota tumani Nazarbek QFYda yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan, muqaddam sudlangan A.A. hamda Toshkent viloyati Bo`stonliq tumani Chorbog` qo`rg`onida yashovchi, muqaddam sudlangan 1995 yilda tug`ilgan A.U.lar sodir etganliklari aniqlandi.

Aytgancha, turar joyda pul va taqinchoqlar saqlanayotganligini jinoiy guruh a`zosi, 1996 yilda tug`ilgan A.X. yaxshi bilgan. Chunki u jabrlanuvchining 1998 yilda tug`ilgan  qizi bilan bir muddat sha`riy nikoh asosida yashagan.

Xullas, ayni vaqtda ayblanuvchilar hibsga olingan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar