O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi huzuridagi «Innovasiya, texnologiya va strategiya markazi» davlat unitar korxonasiga Eldorbek Alisherovich Rasulov bosh direktor etib tayinlandi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar bermoqda.
Eldorbek Rasulov turli yillarda “UZINFOCOM” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida guruh boshlig`i, Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida departament boshlig`i, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, boshqarma boshlig`i o`rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Bugunga qadar Xalq ta`limi vazirligi Strategik tahlil, progressiv pedagogik texnologiyalar va ta`lim sohasida yangi tashabbuslarni joriy etish boshqarmasiga rahbarlik qilgan.
Ma`lumot o`rnida:
Eldorbek Rasulov 1988 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan.