AsosiyIqtisodiyot

Tabiiy gaz nazorati va hisobining yangi tizimi joriy etiladi

'Tabiiy gaz nazorati va hisobining yangi tizimi joriy etiladi'ning rasmi

“Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasini amalga oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida Prezident qarori (PQ–4840-son, 24.09.2020 y.) qabul qilindi.  

Qarorga muvofiq, “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish” loyihasi (Loyiha) doirasida:  

tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimi (Tizim) “ishlab chiqarish – gaz taqsimlash stansiyasi – tuman (shahar) chegarasi – yirik uchastkalar kirish qismi – iste`molchi” prinsipida joriy qilinadi;

 hisoblagichlar birinchi navbatda aholining tabiiy gaz iste`moli va qarzdorlik darajasi yuqori bo`lgan hududlarga o`rnatiladi.

Loyiha doirasida respublika bo`yicha jami 3 mln 546 ming 148 ta elektron gaz hisoblagich o`rnatilishi rejalashtirilgan.  

 Tizim:

2020 yil 1 oktyabrga qadar Qibray, Zangiota va Toshkent tumanlarida;

 2021 yil 1 fevralga qadar O`rta Chirchiq, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyo`l va Karmana tumanlari hamda Toshkent, Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Urganch, Qarshi, Kattaqo`rg`on, Qo`qon, Marg`ilon shaharlarida va boshqa qarzdorlik darajasi baland bo`lgan hududlarda o`rnatiladi.

2021 yil 1 avgustga qadar respublikaning boshqa hududlarida iste`molchilarga zamonaviy hisoblagichlar o`rnatilib, Tizim to`liq joriy etiladi.  

 Loyihani moliyalashtirish va 2021 yil 1 avgustga qadar amalga oshirish uchun 150 million AQSh dollari miqdorida kredit jalb qilinadi.  

 Energetika vazirligi Loyiha o`z vaqtida amalga oshirilishiga mas`ul ijrochi organ hisoblanadi.

➡️ Qaror bilan Hisob palatasida Elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarining joriy etilishini hamda hisob-kitoblar holatini monitoring qilish sho``basi tashkil etildi.  

Hisob palatasiga quyidagi qo`shimcha vazifalar yuklatildi:

•  ta`minotchi korxonalarning taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyasi va tabiiy gaz yo`qotishlarining o`zgarishini tahlil qilish;

•  elektr energiyasi va tabiiy gazni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etish holati, o`zaro hisob-kitoblar va mavjud debitor-kreditor qarzdorliklarining tahlili va monitoringini olib borish;

•  maxsus hisob raqamlarga pul tushumlari, ularning maqsadli sarflanishi hamda kredit mablag`lari qaytarilishi ustidan tizimli nazorat o`rnatish.

 2021 yil 1 iyunga qadar Tizim bilan muvofiqlikda ishlovchi zamonaviy billing tizimi yaratiladi.

    Boshqa yangiliklar