my5

Telegram’da global nosozlik yuz berdi. Messenjer O`zbekistonda ham vaqtincha ishlamay qoldi

Dunyo 25.09.2020, 17:44
459
Telegram’da global nosozlik yuz berdi. Messenjer O`zbekistonda ham vaqtincha ishlamay qoldi

Telegram faoliyatida butun dunyo bo`yicha nosozlik yuz berdi. Bu haqfda daryo.uz Downdetector servisi ma`lumotlariga tayanib aytmoqda.

Ma`lumotlarga ko`ra, messenjerning ishlashidagi uzilishlar ayniqsa, Rossiya, Belarus va Ukrainada kuzatilgan. Shuningdek, Telegram O`zbekiston, Qozog`iston, Malayziya va Evropa mamlakatlarida ham ishlamay qolgan.

Foydalanuvchilarning 76 foizi ilovaga ulanishda muammoga duch kelgan bo`lsa, 23 foizi xabar yuborishga qiynalgan.

Ta`kidlanishicha, bu so`nggi to`rt kun ichida messenjerda kuzatilgan ikkinchi uzilish hisoblanadi. 21 sentyabr kuni Moskva, Sankt-Peterburg va Nijniy Novgorod foydalanuvchilari ham Telegram ishidagi uzilish haqida xabar bergan.

Telegram o`zining Twitter’dagi sahifasi orqali nosozlik bartaraf etilganini ma`lum qildi. «Sharqiy Evropadagi ayrim foydalanuvchilarimiz so`nggi 45 daqiqada ulanish borasida muammoga duch kelgan bo`lishi mumkin. Endi hammasi joyida, noqulaylik uchun uzr so`raymiz», — deyiladi xabarda.


 

Шарҳлар