Kirish chizig`iga 4 ballgacha etmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to`lashadi: 1 ballgacha etmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar; 1.1 balldan 2 ballgacha etmaganlar uchun - 2,0 barobar; 2.1 balldan 3 ballgacha etmaganlar uchun - 2,5 barobar; 3.1 balldan 4 ballgacha etmaganlar uchun - 3,0 barobar. To`plagan bali kirish chizig`iga 4 balldan ortiq etmagan, lekin 56,7 dan ko`p ball to`plagan abiturientlar uchun super-kontrakt miqdorlari quyidagicha: Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo`nalishida — 25 barobar, ya`ni 229 mln 184 ming so`m. Keyingi o`rinda tibbiyot yo`nalishiniki — 20 barobar, ya`ni 170 mln 649 ming so`m. Qolgan yo`nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan. Eslatma: barobar - ta`lim yo`nalishiga belgilangan kontrakt summasining barobari nazarda tutilmoqda. |
25.09.2020 23:57
Kirish chizig`iga 4 ballgacha etmaganlar super-kontraktni qancha miqdorda to`lashi ma`lum qilindi
