Ukrainaning Xarkov viloyatida kuni kecha An-26 harbiy samolyoti halokatga uchradi. Fojiada 20 kishi vafot etdi, 2 kishi omon qolgan.
An-26 samolyotining qulashiga dvigatelning ishlamay qolgani sabab bo`lgani aytilmoqda. Bu haqda mahalliy OAV Ukraina Mudofaa vazirligiga tayanib xabar bergan.
Mudofaa vazirligi vakilining so`zlariga ko`ra, havo kemasi komandiri rasiya orqali dvigatelda muammo borligini aytgan.
Samolyot komandiri 30 yoshli mayor fojiada halok bo`lgan. Samolyot bortida jami 28 kishi bor edi. to`rt kishining taqdiri noma`lum. Ba`zi ma`lumotlarga ko`ra, fojiadan oldin ular samolyotdan sakrashga ulgurgan.
Mamlakat prezidenti ma`muriyatining rasmiy bayonotida aytilishicha, samolyot kursantlar ishtirokida o`quv mashqini bajarayotgan bo`lgan.